“Basalt Uzbekistan” Davosda bo‘lib o‘tayotgan 2024 Jahon iqtisodiy forumida
“Basalt Uzbekistan” kompaniyalar guruhi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida o‘z biznesini faol namoyish etdi. Uning direktori Temur Mamadaminov boshchiligidagi delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Forum doirasida samarali ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kompozit materiallar ishlab chiqarish sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartnomalari imzolandi.
Temur Mamadaminov kompaniyaning joriy faoliyati va guruh korxonalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha ulkan rejalari haqida so‘zlab berdi. VEFda ishtirok etish “Basalt Uzbekistan”kompaniyasiga dunyoning yetakchi biznes tuzilmalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu esa biznesni yanada rivojlantirishga turtki beradi.