Beton kanallarni bazalt geosetkasi bilan mustahkamlash
Obyektlardan birida innovatsion texnologiya joriy etildi. Mutaxassislar uni amaliyotga joriy etishdan oldin yangi qurilish materiali – bazalt geosetkasining xususiyatlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdilar.
Ushbu materialning texnik xususiyatlari, afzalliklari va qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, texnologik jarayonning barcha tafsilotlari loyihachilar bilan kelishilgan.
Natijada, kompaniya birinchi marta bazalt geosetkasi yordamida gruntli kanallarni betonlash texnologiyasini sinab ko‘rdi. Ushbu innovatsion yondashuv inshootning mustahkamligini oshirishi va uni atrof-muhit omillarining salbiy ta’siriga yanada chidamli qilishini isbotladi